Oqdaryo tumanida Cobalt haydovchisi YPX xodimini mashina eshigida sudrab ketdi. Haydovchi qo‘lga olindi va jinoiy ish ochildi. “YPX xodimidan qochib, oxiri qamoqqacha yetib keldim”, — dedi u.
Samarqand shahrida Onix haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash talabiga e’tibor bermay, uni avtomobil kapotida sudrab qochib ketdi. Xodim yerga yiqilib jarohat oldi, haydovchi ushlandi.
Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda. U buning uchun ikki fuqarodan biriga jinoyat ishini tugatib berishni, ikkinchisiga esa uy qamog‘i bilan ozodlikda qoldirishni va’da qilgan.
Samarqand shahrida IIB xodimi kelishmovchilik sababli bir erkak va homilador ayolga kuch ishlatdi. U fuqarolarga “birinchi buyruq bajarilishi, keyin muhokama qilinishi”ni aytganini eshitish mumkin. Viloyat IIB profilaktika inspektori ishdan bo‘shatilganini bildirdi.
Toshkent tumanida oilaviy janjal bo‘yicha chaqiruv olgan IIB xodimi pichoqlandi. U oshxona pichog‘i ushlagan shaxsdan qurolsizlanishni so‘ragan, ammo 56 yoshli fuqaro unga faol qarshilik ko‘rsatib, chap bel qismini jarohatlagan. Xodim IIV markaziy gospitaliga yotqizildi, fuqaro esa besh yilgacha qamalishi mumkin.
Koson tumanida 4 nafar mast erkak mashinada yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlab videoga oldi va uni Telegram`da tarqatdi. Sud hukmi bilan ularning har biriga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Tarmoqlarda Andijonda nogironligi bo‘lgan abituriyentni yelkasida ko‘targancha imtihon joyiga olib borgan ichki ishlar xodimi surati tarqaldi. Uni viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov taqdirladi. “Andijonimizning IIB xodimi qanaqa ekanligini mana shu bolam ko‘rsatib qo‘ydi”, — dedi hokimlik rahbari.
Bo‘ka tumanida fuqaro IIB xodimlarining noqonuniy so‘roq qilishi va jarohat yetkazishi oqibatida vafot etdi. Voqeaga sababchi 2 xodim hibsga olindi, tuman IIB rahbariyati esa ishdan bo‘shatildi. Ishga aloqador tezkor xodimlar holatni rad etmoqda, prokuratura qo‘shimcha ekspertiza tayinladi.
Sariosiyo tumanida mahalla raisining xonadonida janjal ko‘targan fuqaro uyiga kelgan profilaktika inspektoriga bolta bilan hujum qildi. IIB xodimi shifoxonaga yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi.
Muzrabot tumanida mastligi aytilgan erkakni urib, unga kuch ishlatgan IIB xodimi “mansab vakolatidan chetga chiqqan” deb topildi va harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovning borishini prokuratura nazoratga olgan.
Muzrabot tumanida IIB xodimi mastligi aytilgan va qo‘l-oyog‘i bog‘langan erkakni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Surxondaryo viloyati IIB erkak begona ayolning tinchini buzgani, chaqiruvga asosan borgan xodimga qarshilik qilganini bildirdi. Xodimning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Asaka tumanida viloyat IIB YHXB xodimi Spark mashinasida yo‘ldagi muzlama sabab ikki kishini urib yubordi. Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda IIB xodimi pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringandi, sud ham buning uchun ayolga chora ko‘rgandi. IIV o‘z xodimiga nisbatan hujjatlarni prokuraturaga yuborgandi. «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, IIB xodimlarining harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagan.
Qorako‘l tumanida Cobalt haydovchisi yo‘lini to‘sgan IIB xodimi mashinasini urib qochdi. U avtomashinani Olot tumanida tashlab ketgani aniqlandi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Yangiariqda IIB xodimi xizmat quroli bilan o‘zini otib o‘ldirdi. Bunga turmush o‘rtog‘ining farzandlarini olib, otasining uyiga ketgani oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan ekspertiza ishlari tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Tarmoqlarda Oqqurg‘on tumani IIB xodimining butun o‘zbekistonliklarni onasidan so‘kkani aks etgan audio tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va ushlanganini ma’lum qildi. Hokimlik esa holat oqibatida xodim otasining sog‘lig‘i og‘irlashib qolganini qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting